Sababi tartib
Bolalarga o‘quv, yozuv bildirmak uchun usuli savtiyaning osonlig‘i necha yillik tajribalar ila ma’lum o‘ldig‘indan jumla islom viloyatlarining makotib va madrasalari bu usul ila tazyin va isloh etdiklari kabi 1319—1320 (milodiy 1902—1903) yillarda bizning Turkiston viloyatining ham ko‘p muallimlari bu usulni o‘z orzu va ixtiyorlari ila qabul etib, maktablarda bu usul ila ta’lim bermakka boshlamishlar edi. Lokin, taassufki, g‘ayratlik muallimlarimizning harakatlari uzoqqa bormadi. Tezdan bu usulni tark etib, eski usullarini foydalik topib, anga ruju’ etdilar. Bunga sabab na o‘ldi? Jumla makotibi islomiyag‘a yarag‘on usuli savtiya Turkiston maktablarina yaramadimi? Xayr, afandilarim, albatta, yarar edi. Balki bu usulning vositasi ila hanuzgacha Turkiston musulmonlari xiyli taraqqiy topar edilar.
Muallimlarning bu ruju’larina sabab avvalo usuli savtiyaning nadan iborat ekonin bilmaganlari, soniyan Turkiston shevai turkiyasi ila tartib etilmish usuli jadida kitobchalarina molik o‘lmag‘onlari o‘ldi. Modomiki, bu sabablar mavjud ekan, muallim afandilarimiz ruju’larida haqli edilar. Chunki ul vaqtlarda Turkiston musulmonlarining gumonlaricha, usuli savtiya yolg‘iz Ibrohim Haqqiyning «Aqoid» manzumasi ila «O‘qu Qur’on yaxshilab» misrasini ko‘p zikr etgan totorcha bir tajvid manzumadan iborat o‘lub, hamma maktablarda, hatto ko‘chalarda turluk savtlar ila ul ikki risolani o‘qita boshlamishlar edi. Ul risolalar o‘z tillarida o‘lmadig‘indan ma’nosini bolalar tugul, muallimlarning o‘zlari ham durust bilmas edilar. Hol bo‘yla o‘lsa, usuli savtiyadan na foyda o‘lsun, albatta, oz muddatda xalkni ham, muallimlarni ham usuli savtiyadan ko‘ngillari qolib, usuli qadimiyaga qaytmaklari tabiiy, ham qaytdilar. Emdi esa, alhamdulilloh, ul zamonlar o‘tib, Turkiston musulmonlarini ul vaqtlarda damini ko‘rsatgan usuli savtiya bu vaqtlarda boshqa a’zolarini ham ko‘rsatmakka boshladi. Istanbuldan, Misrdan, Qozondan va har tarafdan muqtadir muallimlar kelib, ohista-ohista har yerdan maktab ochmakka, Turkiston muallimlarina usuli savtiya nadan iborat ekonin imtihonlar vositasi ila bildurmakka boshladilar. Turkiston muallimlari ham usuli savtiya bolalarig‘a harflarning ovozlari ila tanitmoq, o‘qulg‘on so‘zlarni yozdirib, ma’nosini bildirmak, Bedil, Xo‘ja Hofizlar kabi forsiy va mushkul kitoblarning badalig‘a e’tiqod, imlo, husnixat, ilmi hol, hisob, tarixi islom, jo‘g‘rofiya, handasa, hay’at va soirlar kabi diniy va dunyoviy ilmlarni har kimning o‘z tilida yozilmish kitoblardan o‘qitib bildirmakdan iborat ekonin bilib, har birlarining ko‘ngillarig‘a usuli savtiyani qaytadan qabul etmak fikri tushdi. Lekin na qilsunlar, bu etilmish ishlarning hech birina doir o‘z tillarida yozilmish kitoblari yo‘q. Istanbulcha, totorcha yozilg‘on kitoblardan esa o‘z tillarini durust bilmagan yosh bolalarga bir narsani bildirmak mumkin emas darajada mashaqqatdur.
Emdi Turkiston maktablarina usuli savtiyaning umuman joriy bo‘lmog‘onida bir man’i bor esa, ul ham kitobsizliqdir. Chunki faqir usuli jadida tarafchisi o‘ldig‘indan ko‘ringan muallimni usuli jadida taklif etmakda va alardan «O‘z til va xatimizda kitob yo‘q, totorcha kitoblarni o‘zimiz bilmaymiz, bilsamiz ham, bolalarg‘a bildira olmaymiz», javoblari ila alzom etilmakda o‘ldig‘im kabi o‘zim ham besh yildan beri kitobsizlik mehnatini chekmakda, bolalarga o‘qitgan narsalarimni alifbog‘a qadar Turkiston tili va xatig‘a tarjima qilib, yozib o‘tmakdaman. Modomiki, hol bo‘yla ekan, Turkiston muharrirlari hanuzgacha usuli jadida kitoblarini tahrir va tarjimasini shuru’ etmaganlari faqir qalam ojizonasini, garchi holig‘a nomunosib o‘lsa ham, oli qadar alhol usuli jadida kitobchalarini tahrir va tarjimasini mahsur va majbur etdi.
Har ishni alifbosidan, ya’ni avvalidan boshlab qilmak qonuni adabdan o‘ldig‘i uchun tahrir etgon kitobchalarimni boshlab alifbosini, ya’ni bu «Adibi avval»ni bostirib hurmatlu muharrir va muallimlarimizni intizori oliyalarina taqdim etmagim ila barobar rijo qilurmizki, manim bu kitobchamni nazari diqqat ila boqub, ko‘ringon nuqsonlarindan usuli savtiyag‘a xilof o‘lg‘on yoki bolalarg‘a bildurmaki mushkul o‘lg‘on yerlaridan faqirni ogoh qilmak ila yordam bersalar, shoyadki 2-chi tab’ikim benuqsonroq o‘lurdi. Vassalom.
«Tujjor» gazetasi, 1907 yil, 8 oktyabr
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|