Yutubon bu zamonda qon fuzalo...
Appearance
Yutubon bu zamonda qon fuzalo,
Kulfat oʻqigʻadur nishon fuzalo.
Qalam ila kitobdin oʻzga,
Topmagʻay yoru hamzabon fuzalo.
Qatnabon suflalar eshikiga,
Topmas oʻlturgʻali makon fuzalo,
Juhalo zumrasi kelib gʻolib,
Boʻldi magʻlubu notavon fuzalo.
Soʻzni fahm etgali kishi topmay,
Ne osigʻ boʻlsa nuktadon fuzalo.
Kimga koʻrsatsa birgina behbud,
Topar oʻtruda ming ziyon fuzalo.
Juhalogʻa qilib mulozimliq,
Topmadilar yemakka non fuzalo.
Mayi gulrang oʻrnigʻa tayyor,
Koʻzlari sagʻarida qon fuzalo.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |