Jump to content

Yor ishqidin, do‘stlarim, gumon qilmang, o‘larman...

From Wikisource
Yor ishqidin, do‘stlarim, gumon qilmang, o‘larman...
by Sadoiy Mirhasan
333377Yor ishqidin, do‘stlarim, gumon qilmang, o‘larman...Sadoiy Mirhasan

Yor ishqidin, do‘stlarim, gumon qilmang, o‘larman,
Tegdi mundog‘ g‘am manga, emdi qachon kularman? «

Toshlab ketti nigorim, ul yori mehribonim,
Kelib holimni so‘rmas, nechuk iloj qilarman?

Olib qo‘lg‘a nazirim dargohig‘a ul erni,
Shoyad nazar qilg‘ay deb har kun borib kelarman.

Eldin hazar etmasa, manga nazar qilmasa,
Yugurub-elib yo‘lida oyog‘imdin qolarman.

Olam bari bilibdur, o‘tdek yonib turubdur,
Borsam kuyar oyog‘im, yiroq yerdin qararman.

Bo‘lsun salomat yorim, ul yori mehribonim,
Oshiqliqni davrini emdi yaxshi surarman.

Hijron cho‘lida tashna beobu non, gushna,
Ming yilg‘acha ahdimni emdi buzmay turarman.

Ey yorijoni mahvash, chandon harosi dilkash,
Bo‘lg‘il mani guvohim, yolg‘uz sani suyarman.

Keldi Sadoyi butkul aylab sanga tavakkul,
Ibrohimi Adhamdek o‘zim o‘tqa urarman.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.