Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim...
by Sayfi Saroyi
332275Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim...Sayfi Saroyi

Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim,
Qilur bayram yuzungni ko‘rsa soyim.

Suv ichkanda dudog‘ingdan suv tomsa,
Bitar qandu shakar ul yerda doyim.

Jamolingdur bu kun olam safosi,
Xayolingdur hamisha jon fizoyim.

Kerak o‘ltur, kerak asra, qulungman,
Muborak buyrug‘ungdur qutlu royim.

Mufarrih nazm etib Sayfi Saroyi
Sifotingni o‘qur, ey ko‘rkaboyim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse