Jump to content

Xusrav va Shirin

From Wikisource
Xusrav va Shirin
by Qutb Xorazmiy
333530Xusrav va ShirinQutb Xorazmiy

Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur

Necha yil bo‘ldi jonim sukor erdi.
Ko‘ngulda ushbu andisha bor erdi.

Netak shoh tobg‘inga bir borg‘aman teb,
Bu ko‘nglum qazg‘usini torg‘aman teb.

Ko‘rub ko‘nglumkim asru rag‘batim bor,
Buyurdikim qatig‘lon emdi, e yor.

Ravon, ey Qutb, tarkin kech bo‘lur bil,
Ne bilgaylar seni so‘zlatmasang til.

Nizomiy nazmi yanglig‘ tuz so‘zungni,
Anin bilgut xoningg‘a bu o‘zungni.

Xonim birla malika otinga bir
Kitobe qilg‘ug‘a qil, tedi tadbir.

Bo‘yum shahringa ko‘nglum erdi sulton,
Jonim andin qabul qildi bu farmon.

Ko‘ngul farmonini jon birla tuttum,
Azin soqinchni bir yo‘li unuttum.

Qazontek qaynab ush savdo pishurdum,
Nizomiy bolidin halvo pishurdum.

Xonim otinga ushbu porsi tilni,
Chevurdum, tuzdum, ush nazm uzra qilni.

Chiqordim xush yizig‘liq suv bu ko‘ldin,
Ko‘ngullar qonsu teb bu sofiy suvdin.

Qilib xon davlati bu qulg‘a yoriy,
Ketordi tangri tab’imnung g‘ubori.

Tuzub til bulbuli bu nazm uza soz,
Bu parda ichra kelturdum xushovoz.

Murodim erdi ulkim, bu qabug‘da,
Kelib yo‘l tobsaman teb bu tabug‘da.

Safar ranjin ko‘rum o‘zum qoch ayyom,
Tabug‘qa yettim emdi ush saranjom.

Nechakim keldim ersa man valekin,
Tugal keldim, tugallik yaxshi ush chin.

Ne xush aydi (kim) ul bir pir komil,
Etizgil necha kech kelsang, ey oqil.

Bu kelmaklikda maqsud erdi bukim,
Eturgay haq tiyu munda tilakim.

Bihamdilloh tilakka haq yeturdi,
Tilak ilgi o‘minj yosini qurdi.

Bu ko‘nglumnung qushikim, tobti xush bog‘,
Kerak bulbul o‘qub, ursun kerak zog‘.

Yana ko‘nglum, so‘z oro qildi ovoz,
Kim, ey bulbul, ochildi gul, kelib yoz.

Jahon bo‘stoni qayda bo‘ldi xurram,
Bor ersa ishqing emdi so‘zla san ham.

Ush andin bu oshiqlarning so‘zini,
Tuzub muntek bezadim so‘z yuzini.

Kishiningkim ko‘ngulda ishqi bo‘lsa,
Netong bulbul mengizlik ul zori qilsa.

Falak mihrobi ishq ermish xush ongla,
Oshiqlarning so‘zin ishq birla tingla.

Kishikim oshiq ermaz joni yo‘q bil,
Ulukni bormu ter ojunda oqil?

Agar it ko‘nglinga haq ishqi kirsa,
Kelur ul tilga ketmaz ursa, sursa.

Agar bo‘lmasa oshiq charxi bazrom,
Ne sargardon yurir, qilg‘a erdi orom.

Oshiq bo‘lmasa ushbu yetti qat yer,
Nedin muncha xaloyiq zaxmini yer?

Tengizlar oshiq ermaz ersa bir so‘r,
Nedin qaynar, ne g‘urrushlar qilur ko‘r?

Qayuningkim bir olam ichra ko‘rdum,
Nedin muntek tiyu aqlimg‘a so‘rdum.

Ayur: ishq birla tirik ushbu olam,
Agar ishq bo‘lmasa bo‘lmaz erdi odam.

Jonim ishqdin farah tobti esa bildim,
Ko‘ngul berdim, yeringa ishq oldim.

Bu ishqim birla boshlab dostonni,
Salo teb ishqqa undadim jahonni.

Xusrav-Shirin hikoyatining avvali

Munungtek aymish ul bir piri oqil,
Kim ul ermish qamug‘ nav’ ichra komil.

Tutuldi ersa Nushervonning oyi,
Qo‘nub Hurmiz uza davlat humoyi.

Ato taxtin bilib ul dod qildi,
Adl birla jahon obod qildi.

Tutar erdi atosining to‘rosin,
Aning rasmincha folin ham yo‘rosin.

Ukush qurbon qilib, ul shoh o‘g‘ondin,
Tiladi bir o‘g‘il yigrak bu jondin.

Izi dargohinga qildisa zori,
O‘g‘ul berdi anga gavhardin ori.

Ug‘anning baxshishi daryosidin dur,
Aning sham’inga bermish fazlidin nur.

Muborak tolei davlat makoni,
Yuzunda belguluk shohliq nishoni.

Etiz xusravliqin ko‘rdi atosi,
Ush ondin o‘tru Parviz bo‘ldi oti.

Zarifluq ichra komil erdi zoti,
Bu yo‘ldin o‘tru Xusrav Parviz, bo‘ldi oti

Yangoqi kun mengiz, ko‘z boqsa bo‘lmas,
Yuzin ko‘rgan ko‘ngilda qazg‘u qolmaz.

Ani shoh tabug‘inga ketrurlar erdi,
El elga gul mengiz ko‘trurlar erdi.

Harirga chulg‘atilmish kin yiportek.
Tamom durr donani kezlab tutortek.

Netakkim chiqti beshikdin jahonqa.
Sevukluk urg‘un ekti barcha jonqa.

Yil oshmishcha izi orturdi davlat,
Bilik ta’lim olib o‘grandi izzat.

Tamom besh yoshg‘a yetti ersa onglab,
Ko‘rub ko‘b nongin ibrat oldi tonglab.

Qachon kim olti yoshqa yetti ul shoh,
Qamug‘ yo‘llarni anglab, bo‘ldi ogoh.

Eti yoshqa yetib ul sarvi qomat
Gul uzra mushk sochmoq qildi odat.

Aningtek ko‘rki bo‘ldi elda mashhur,
Yuzin ko‘rgan bu Yusuf teyu saqnur.

Atosi qildi bir ustod tartib,
Aning ro‘zgori zoyi’ kechmasun teb.

Bu so‘z aymishda so‘ng kechti bir ancha,
Hunarlik bo‘ldi Xusrav o‘z holincha.

Bilik, so‘z ichra andog‘ bo‘ldi fozil,
Maoni bahrinda bir durri komil.

Fasihikim ravon so‘z so‘zlar erdi,
So‘zin andin uyolib kezlar erdi.

Biliklik ham ko‘rishi yinchka qiltek,
So‘z ichra qil yorar erdi o‘shul bek.

To‘quz yoshinda so‘ng o‘yunni soldi,
Bahodirluq qilichin ilka oldi..

Etib o‘n yoshqa kish bog‘landi belga,
Ukush dushman boshini berdi yelga.

Aning xavfindin arslon titrar erdi,
Qilichindin yog‘iylar qo‘rqar erdi.

Sheshar erdi o‘qi qildin tugunni,
So‘ngi birla yozar erdi bu kunni.

Agar dushmanqa kezlab bir o‘q otsa,
Qayu qalqon tuzarkim qarshi tutsa.

Kishi kim o‘n yo bircha tortsa oson,
Aning yosin ko‘turmaz erdi yerdan.

Kamandindin qutulmaz erdi dushman,
Yorar erdi o‘ti kim tesa to‘shman.

Nogoh bir yildirimtek gukrar ersa,
Sungusin toshdin o‘trur erdi ursa.

Tamomkim umri o‘n to‘rt yoshqa yetti,
Bilik semurg‘i tan Qofini tutti.

Nazar kezlanchi justluqlarg‘a qildi,
Ne ezgu, ne yomon borchani bildi.

Bor erdi bir Buzurg Ummid otlig‘,
Ulug‘ bilga, yuzi suvlug‘, uyotlig‘.

Bo‘lub kezlanchi rozlarni bilib chin,
Falak ganjlarining tobmish kilidin.

Ozoqi yer yuzini barcha kezmish,
Falak aning ishin royincha tuzmish.

Ani xilvatqa undab shohzoda,
Kelib ruh yerga qo‘ydi shoh piyoda.

Ilm daryosidin izlab javohir,
Topub, tutti etagin, bo‘ldi shokir.

Bilib ta’lim olib, ko‘nglin yorutti,
Ukush hikmat bilib, qursoqda tutti.

Qamug‘ nav’ ichra ul shahzoda cholok —
Bo‘lub moh angladi barcha sirri aflok.

Bu oz umrinda ul bir durri maknun,
Bu yanglig‘ ilm ichinda bo‘ldi zufnun.

Chiqib g‘aflatdin ogohliqqa tegdi,
Qamug‘ ardam uza shohliqqa tegdi.

Torildi ersa andin jahl susi,
Anga bilgurdi sirlar jaysusi.

Qamug‘din o‘zrub ul xizmat jahonin,
Kechurmaz erdi xizmatsiz zamonin.

Atosi sevdi jahonindin ortuq,
Jahon xud ne bo‘lg‘ay jonindin ortuq.

Aning yoshi uzun bo‘lsun teyu shoh,
Zulmdin yig‘di elni, qildi ogoh.

Chaqirtti bilsu teb rustovu shahri,
Tegar kuch qilg‘uchiqa shoh qahri.

Kishi kirmasu bog‘chilar bog‘ing‘a,
Tavar surmasunlar ham tarlog‘laring‘a.

Qayukim boqsa nomahram yuzinga,
Qiyqirtti voy teb aning ul yuzinga.

Siyosatni yuritgayman teyu shoh,
Bu so‘z uzra talim ont ichti nogoh.

Shoh o‘z adli uza turdisa doyim,
Jig‘oy boy birla nard o‘ynadi qoyim.

Xarobliq al ko‘tardi barcha yondin,
Zulm qamchisi ketti ersa aldin.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.