Xayoling xayli, ey jonim charog’i...
Appearance
Xayoling xayli, ey jonim charog’i,
Turur ko’zumdavu ko’nglumda dog’i.
Yuzung ko’rar ko’zumdur, gar raqibing,
Ko’ra olmas oni chiqsin qarog’i.
Qachon zulfung ko’ngul birlan tuzolgay –
Kim, egridur aning boshtin-ayog’i.
Fig’onimni rubob olig’a, ey do’st,
Ne aytoyin chu eshitmas qulog’i.
Ko’zung ko’ngulda ekmas mehr tuxmin,
Ajab yo’q, tushmadi ekin yirog’i.
Yuzung ko’rar ko’zumdur, gar raqibing
Ochilg’il gah-gahe, ey husn bog’i.
Amiriy olidin to o’tti ul zulf,
Nasimidin mushavvashdur dimog’i.
![]() |
This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |