Xasta ko’nglumni, begim, nortek yangoqing o’rtadi...
Appearance
Xasta ko’nglumni, begim, nortek yangoqing o’rtadi,
Qolg’anin bir yili ul jodu qaroqing o’rtadi.
Zulfu xolingdin shikoyat qilmon, ey jonu jahon —
Kim, mening jonimni ul siymin saqoqing o’rtadi.
Yuragim qon bo’ldiyu hech topmadim jon maqsadi,
So’z bila oxir meni shirin dudog’ing o’rtadi.
Kimga aytay dardu holimni, ne tadbir aylayin —
Kim, meni boshtin-ayoq zolim firoqing o’rtadi.
Ohu vovayloki, bu miskin Gadoni oqibat
Hasratu g’am birla dardi ishtiyoqing o’rtadi.
![]() |
This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |