Voy, xor o‘ldi shariat, dinimiz bo‘ldi g‘arib...
Voy, xor o‘ldi shariat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Bu nechuk turfa alomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
E yaqindurmu qiyomat? Dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Ko‘p rivoj oldi sharorat, dinimnz bo‘ldi g‘arib,
Barchadin ketti adolat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sabo,
Aylashib zoru tazarru’lar, tilang haqdin pano,
Doimo toat-ibodatda bo‘lub, aylang duo,
Shoyad etsa rahm rabbim podshoh, bizlar gado,
Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
Xonaqoda zikri haq mone’, sharorat oshkor,
Barcha nokaslar hukumatda sayiddur, xoja xor,
Kimda dunyo bo‘lsa, holo xalq ichra e’tibor,
Olimu shayxi zamon xilvatda yig‘lar zor-zor,
Jorii bo‘lmasdin shariat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
Yaxshilarga sabr qilmakdin bo‘lak yo‘qtur iloj,
Bu na mushkuldur, musulmonlar berur mushrikka boj,
Turmayin Farg‘ona ichra emdi, Baytulloga qoch,
Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Har qayonda bo‘lsa, donolarni holo bag‘ri qon,
Bu falak raftori kaj dastidin aylarlar fig‘on,
Qo‘l yaqoda, tavba deb aylang .yana piru javon,
Bexabar turma, Haziniy, anqarib oxir zamon,
Vodarig‘o, bu na hikmat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|