Jump to content

Tokay sani g‘amingda man ohu navo qilay...

From Wikisource
Tokay sani g‘amingda man ohu navo qilay...
by Azimiy
332951Tokay sani g‘amingda man ohu navo qilay...Azimiy

Tokay sani g‘amingda man ohu navo qilay,
Ko‘rsat yuzingni bir yo‘la jonim fido qilay.

Begona etdim hamadin o‘zni ey pari
Hargiz bu telbani demading oshno qilay.

O‘tdi tamom umr sanga arzi hol etib
Hech demadingki, birgina hojat ravo qilay.

Man garchi tole’im badidin so‘rmasang mani
Man qatra jon boricha sanga iltijo qilay.

Tifli bahona chu kabi sansiz yuponmayur
Tokay bu telba ko‘nglim ila mojaro qilay.

Har odameda bosh biru savdosi boshqadur
Man istaram boshni sanga xokpo qilay.

Miskin Azim qulingni qulidur itlaring iti
Topsam alarni izlarini to‘tiyo qilay.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.