Tafa’ul aylar eding, ey koʻngul, qilib niyat...
Tafa’ul aylar eding, ey koʻngul, qilib niyat,
Ki raf’ boʻlgʻusi deb toza yilda nahsiyat.
Chu qilmas axtari baxtim safar manozilgʻa,
Iqomat etti magar burji nahsda niyat.
Muharram oʻldi harom oʻldi elga kulfatu gʻam,
Va lek bir mango yuzlanmadi rafohiyat.
Jahoni buqalamun hodisoti fikridin,
Yetushmadi bu parishon koʻngulga jam’iyat.
Aningdek oʻlmisham ushbu diyorda bekas,
Ki qatl qilsalar olmoqgʻa yoʻq kishim diyat.
Yiroq tut juhalo ixtilotidin oʻzni,
Ki oʻtqa yoqmoq oʻlubdur yovuqni xosiyat.
Tama’ni tark etu, chiq goʻshai qanoat aro,
Sango yoʻq oʻzga jahon ichra joyi amniyat.
Tamom qilding etib banda xizmatin umring,
Ham aylagil. gahi ma’budinga ubudiyat.
Tut oʻzni pastu kichik borcha xalqdan, Komil,
Azim ofat erur nixvatu anoniyat.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |