Shu kunda
Appearance
Istagingga yetar ekan, qanotlaring sindimi,
Ey ko‘nglimning bulbuli?
Senga qarshi kulib turgan go‘zal chechak tindimi,
Tashladimi bir yo‘li?
Havo yorgan ko‘kragingni sevgi yeli tildimi,
Qon to‘lami har tomon?
Ko‘zlaringga ayriliqning iplarini ildimi –
Shu qilig‘i ko‘p yomon…
Yo erkinlab hidlagali bermaylarmi gulingni,
To‘salarmi yo‘lingni?
Gul o‘zimi ko‘zlaridan ko‘zlarini qochirdi,
Yo‘qliklarga yashirdi?
Shu yulingan parlaring-la ucholmassan, yo‘qsil qush,
U umidlar havosidan endi bir oz tuban tush!..
Toshkent. 1922, 2–mart
![]() |
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|
![]() |