Shaftoliga
Appearance
O‘n sakkizga kirgan qishloq qizlarining yuzidek
Qip-qizargan yuzlaringdan bir o‘pish ber, shaftoli!
Senga qarab turganimda – bir ozgina bo‘lsa ham –
Bo‘lmas kabi, yo‘q kabidir… umidimning zavoli!
Umidimning zavoliga qon yig‘lagan ko‘zlarim
Yoshlarini yuzlaringga tomchi-tomchi to‘kdimi?
Yoki sevgi armonida shahid bo‘lgan yigitning
Yesir ruhi qoni bilan lablaringdan o‘pdimi?!
Mayli, sevgan oshiqlaring yuzlaringga to‘ymasin,
Lekin raqib lablaringga lablarini qo‘ymasin,
Zaharini quymasin!..
Qo‘qon. 1924, 3–aprel
![]() |
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|
![]() |