Sadafdek xor bo‘lg‘ay nechakim gavhar sochar shoir...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sadafdek xor bo‘lg‘ay nechakim gavhar sochar shoir...
by Do’iy
333051Sadafdek xor bo‘lg‘ay nechakim gavhar sochar shoir...Do’iy

Sadafdek xor bo‘lg‘ay nechakim gavhar sochar shoir,
Qamishdek qadr topmas har necha shakkar to‘kar shoir.

Mazallat tangnosidin qutulmoqlik ne imkondur,
Agar har chandi to‘tivor bolu par ochar shoir.

Zamona ahlig‘a miqdori zarra aylamas ta’sir,
Agarchi andaliboso tarannum ko‘rsatur shoir.

Bukun ul gungi nodon qant yeb, shurbi mudom aylar,
Vale zahrob ichib har dam bag‘ir qonin yutar shoir.

Topar har kim taraqqiy kun-bakun dildor ko‘yida,
Magar soat-basoat tiyra balchiqg‘a botar shoir.

Ajab hasratga Doiy qaydadur demas diloromi,
Agar ming qatla yig‘lab holi zorin arz etar shoir.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse