Paranji
Appearance
Ko‘klam chog‘i bo‘lsa,
Oy to‘lsa,
Yulduz kulsa,
Seni shunda ko‘rsam.
Bir dasta gul bersam,
Olsang,
Mast nazar solsang,
Bir nafas birga qolsang,
Abadiy zavqlarga to‘lsam!..
Emsak
Yulduzlardan nur!
Kiysak
Shu’lalardan to‘r!
O‘ynasa, kuylasa
– Tiniq ko‘ldan chiqib –
Bir to‘p pari – hur!
Hoy qiz!
Hoy qizga o‘xshagan juvon,
Yur!
Kim seni o‘ylasa,
Borlig‘imni yiqib,
Yerlarga ko‘milsin!
Yo‘q bo‘lsin,
Yo‘q bo‘lsin,
Yo‘q bo‘lsin
Paranji!
Yirtingiz!
Go‘rlarga eltingiz!
Yondiring chimmatni,
Bo‘g‘masin,
To‘smasin
Tabiiy ziynatni!
Yo‘q bo‘lsin,
Yo‘q bo‘lsin
Paranji!
Ochilsin,
Gullasin,
Yashnasin
Paranji ostiga berkingan,
«Menga ham erk!» – degan
Inju, inju!..
Qo‘qon, 1924, 1-oktyabr
![]() |
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|
![]() |