Oktyabr inqilobi va madaniy-maorif
Men o‘zim, birinchi yoqdan, yo‘qsulliqning qiyinchiliqlari, ikkinchi yoqdan, sizning yo‘qsullar bolalarin eski hukumat qisinti ostinda, inqilobiy ruh tarbiyat etuv orqasinda o‘rta maktablar tarbiyatin ko‘ra olmag‘onimg‘a ko‘ra idrok va aqlimda kamchilik ko‘p qolgon bo‘lmasa, bu Oktyabr (tufayli)dur. Inqilobg‘acha yo‘qsul mehnatkashlar huquqin himoyati uchun bir maqola (bolalardan chin inson etub yetushdirorlik bir maktab borlig‘in (haqinda)) o‘qimadim va eshitmadim: yoxud tarixlar sahifasinda bo‘lsin, mehnatkash huquqi himoyat uchun so‘g‘ishlar safinda bir boy yo bekzoda bolalari ishtirok etganin uchratmadim, balki hamon ikki mehnatkashni bir-birina qarshi qo‘yib qon to‘kdirdilar.
Bir bekzodani qizin suygon uchun yo‘qsulning yoxud qo‘l-oyoqlari kunda va zanjirlarda sirilib, yag‘rin qonlarig‘a qayish, qamchilar bo‘yalib, yer yuzining eng dahshatlik yoki eng yirtqichlik to‘g‘aylarina kettirdilar. Boy og‘alar, qozizodalarg‘a o‘g‘il-qizlarin, manglay teri bilan ko‘kartirgan bog‘larin, yerlarin beruvga qarshilik keltirgani uchun shariat ismidan mal’un kofir etulub surulg‘on mehnatkashlardan boshqa kishi emas, op-ochiq bir haqiqatdir. Ya’ni ul g‘addorlarning asos maqsadlari mehnatkashlarning haq meroslari bo‘lg‘an madaniy-maorif(dan) butun-butun adashtirmoq edi.
Yo‘q, haqiqat hech yo‘g‘olmas, chunki mehnat mehnatkashlarina madaniy-maoriflarin g‘addorlardan qo‘llarina oluv uchun ikkinchi bir ehtiyoj quroli va tadbiri mehnat mukofot etdikki, mehnatkashlar birlashub, yarim kuchlarin mehnat va yarim kuchlarin yo‘g‘oltqon madaniy-maorif yo‘lina sarf etuvg‘a muvaffaq bo‘ldilar va bularning bu muvaffaqiyatlarina eng birinchi yordamchi bo‘lsa, u yolg‘uz sof yuraklarindag‘i mazlumlarni zolimlar qo‘lindin ozod etmoq, o‘z haqqini o‘z xo‘jasina topshirmoq edi. Bu muvaffaqiyat qo‘zg‘olishi birinchi martaba 1871 yilda Frantsiyada bo‘ldi. Garchi Frantsiyada bo‘lg‘on mazlumlar inqilobining muvaffaqiyati zohir ko‘rinishda mendan boshqalarga zolimlar tarafinda bo‘lg‘on bo‘lsa-da, bu kungi mehnatkashlarning abadiy mas’uliyatlik bir hayotg‘a musharraf bo‘lg‘onlarin o‘lchab qarolgonda, muvaffaqiyat, haqiqat Frantsiya inqilobining qurbonlari bo‘lg‘on mazlumlari yoqda, deb hukm etmakka haqliman. Ondin so‘ng 1905 yilda bu qo‘zg‘olish davri Rusiyada boshlang‘on bo‘lsa-da, Frantsiya qonxo‘rlarindan o‘rgangan Nikolay avlodining va oning yonchilari bo‘lg‘on imomat va ruhoniylarning siyosatlari ostinda ancha uyusha olmag‘on mehnatkashlarning ikkinchi madaniy-maorif inqiloblarida temir panjaralar o‘tkur qon to‘kuvlari orqasinda yuz minglab qurbonlar berilib, muvaqqat zohir muvaffaqiyat istibdodchilar qo‘linda qoldi.
Mana bu maorif inqilobining uchinchi davri, ondin so‘ng 17-yil inqilobi kelib kirgan bo‘lsa-da, men oni haqiqiy inqilob hisob eta olmayman. Chunki ul yolg‘iz mehnatkashlarni maqtovi bilan jonin oluvchi Angliyaning, Hindiston, Arabiston va Misrg‘a yillardan beri berib kelgan bo‘yoq kabi ikkinchi turli bir siyosat edi. Mana shunga tushungan Rusiya madaniy-maorif mehnatkashlari eng so‘ngg‘i inqilobi abadiy tufroq ustina tushayajak Oktyabr inqilobini flagin ko‘tardi.
O‘zining ming asrlardan beri jabran g‘addorlar mulki sanalib kelgan abadiy mas’udiyat yetishuvi uchun mehnat tarafidan qurol merosni olib, o‘z avlodlari uchun qizil maorif yurtlari ochib, bolalarin o‘qitdiruv o‘z burch va muqaddas vazifalaridir. Chunki jumhuriyat yosh bo‘luvi ustina eli hukumatchilarni yetarlik etub yetishtira olgani yo‘q. Shuning bu xizmatlarin o‘tov ham qavm orasinda ong-bilim va inqilobiy hislarni taratuv uchun lozim bo‘lg‘on qurol, kishi, o‘quv yurtlar va anga kerak asbob, muallim va tashviqotchilar hozirlanmoq har qavmni o‘z tarafindan qo‘yilg‘on sho‘balarning jariyatlari hormay-tolmay ish ortindan yuruvlarina bog‘liqdir. Natijada men o‘zim shul qarorg‘a kelamanki, ayrim birodarlarimizning inqilobdan butun yiroqda yashab keluvlarina ikki zo‘r mone bor. Birisi sanoyi nafisa jumlasidan alarning ichig‘a bu kungacha qizil matbuot, qizil adabiyot va shavqli sayyor truppalar va mitinglar bo‘lmovidur. Ikkinchi ko‘pchilik yoqdan ozg‘ina bo‘lsa chetg‘a va o‘z jumhuriyatig‘a yaroqli bo‘lg‘on qo‘l hunarlarini yo‘lg‘a qo‘yuv uchun kofirativlarg‘a bog‘log‘on artellar tashkil etuvg‘a ahamiyat berilmag‘anidur. Agar qurultoy vakili shu ikki ishg‘a jiddiyat bila kirishsa, men «Madaniyatg‘a badaviyatdan vahshiyat yaqin» degan arab shoiri kabi qozoq, qoraqalpoq birodarlari orasina oz xizmatda qizil inqilobi oqa boshlasa kerak, deyman. Shu bilan so‘zimni bitirib aytaman — dunyoning eng puchmog‘ina zolim g‘addorlar tazlimindin quvulg‘on mehnatkashlarni himoyat etgan Uchunchi Baynalmilal edi. Abadiy mas’udiyatg‘a yetishub, butun dunyo qizil mehnatkashlari uchqundirgon madaniy-maorifni qo‘lg‘a oldi.
Mana sizg‘a madaniy-maorifning bilimimg‘a yarasha tushundig‘im va nuqsonlarima yarasha so‘yliy bildig‘im madaniy-maorif qisqacha tarixi.
Endi, keling, hozir qizil madaniy-maorifning mehnatkashlarg‘a na xizmat etajag‘i, na foyda keturgoni va ketirajag‘i haqina. Hozirg‘i qizil madaniy-maorif bora-bora bizlarni mehnat qurollig‘idan, eski vahshiy turmush, zaharli odat(dan) bus-butun qutqazib, yerimizni jannat, avlodimizni ong huru g‘ilmonlari etib yetishurajaq bir vositalig‘ina har bir inqilobchining zarra qadar o‘lsun shubhasi yo‘qdir. Shuning uchun hozirg‘i maktablar butun eski xurofotlar quvulub, oning o‘rnina mehnat asosi bila tuzilg‘on o‘quv-o‘qituv programm bilan, mehnatning madaniy ravishdag‘i usulda amaliy o‘yranub, san’at va ma’rifat ikkisin bir yo‘lda olib chiquv qurollari bilan tutdirilg‘ondir. Bu mehnat madaniy-maorifning o‘quv yurtlarina kirmagan mehnatkash bolalari qolmog‘on shekilli dunyodagi har ilmi juzv, har bir san’atdan qo‘li ishsiz hech bir mehnatkash bolasi qolmayajaqdir hamda ishonura olaman. Shu mehnat qizil madaniy-maorif inqilobining qonli sanjog‘i ostina jiynalg‘on qizil mehnatkashlarning eng so‘ngg‘i inqilob armiyasining g‘ilofindan sug‘urulg‘an qilichlari butun dunyo mehnatkashlarining avlodig‘a bir negiz muyassar etmaguncha qaytib g‘ilofina kirmayajakdur. Chunki buning samaralari hozir Xorazmday har bir jumhuriyatda ko‘rila boshlagani kabi Germaniya, Frantsiya, Angliya va al-hosil jumhuriyatlardan boshqa har bir mustamlakalarga ham qizil maorifning intibox davri kira boshladi.
Endi kelaylik biz Xorazmg‘a. Xorazm mehnatkashlari orasinda qizil maorif intibohi taraldimi? Albatta, man munga «hozir yo‘q» deb javob beraman. Chunki munga ko‘p sabablar bor. Birinchi yoqdan, temir yo‘llar bo‘lib, ikkinchi (yoqdan) mehnatkash inqilobchilarning qatnamag‘oni, o‘z elidan mehnatkash inqilobchilar yetishmagani, alalxusus, eski vaqtlardan qat’iy nazar shu kunlarda bo‘lsa ham qatnag‘anlar va hukumatning iqtisodiy jihatlari moddiy zo‘r moneliklar ketirub, boshqa jumhuriyatlar kabi tashviqot qurslari, mitinglar, majlislar, teatrlar, kechalar, qizil choyxonalardagi savodsiz mehnatkashlarni fikrlarin, sirlarin to‘playajak; hislarin, ko‘zlarin ochajak. Hozirgi qizil inqilob boruvi uchun eng avvalg‘i qurol bo‘lg‘on qizil maorif bayrog‘i bila tiyishi qadar tanishdirarg‘a vaqt, imkon bo‘lmadi. Vaqt, imkon berganda, ishchilar yetishmadi. Albatta, shundan buyon markaz qo‘mita firqasining yangi tutqon iqtisodiy yo‘llarini ko‘z oldina keturganda, tez aroda yo‘lg‘a qo‘yilajag‘i shubhasiz, deb bildim.
Endi kelaylik Xorazm, turkman, qoraqalpoq birodarlarimizg‘a. Bular to‘g‘risina kelganda shuni ayta olaman: yuqorida aytub o‘tganimcha, bu inqilob mehnat inqilobi bo‘lg‘oni uchun munda shu inqilobg‘a qarshu kishilardan boshqa har bir kishi millat ayurmasina qaramasdan, shu mehnat inqilobining qizil madaniy-maorifig‘a haqli bo‘lg‘oni kabi har bir jumhuriyatda yashab turgan qardoshlar uyushib…
1922
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|