Jump to content

O‘zbek proletar yozuvchilarining ijodiy yuzi

From Wikisource
O‘zbek proletar yozuvchilarining ijodiy yuzi (1931)
Anqaboy
334787O‘zbek proletar yozuvchilarining ijodiy yuzi1931Anqaboy

…Endi biz qaytadan qurilish davriga o‘tkandan, mamlakatimizda sotsializm qurilishi ishining zo‘r qadamlar bilan borib, buning har bir uchastkasida erishilgan muvaffaqiyatlarni haqiqatan haligi milliy burjuaziya yozuvchilari, ziyolilarining biz bilan ortiq birga bora olmasliqlarini ayrib tashladi. Shu davrda ularning o‘rtasida tabaqag‘a bo‘linishi, biz bilan ketish yoki, bizga qarshi ketishlar bo‘ldi.

Shu vaqtda ularning ba’zi eng yaxshilari bizning qatorg‘a o‘tkan bo‘lsalar, bir qatorlari bizga qarshi qat’iy suratda kurashga kirishib ketdilar. Ul burjuaziya yozuvchilarining adabiyoti, adabiyotning ijodiy yo‘llarida, ijodiy oqimlarida tutg‘an ro‘llari va ularning boshqalarg‘a shu vaqtda qilaturg‘an ta’sirlari albatta o‘zining mundarijasiga muvofiq bo‘lg‘an ma’lum bir shaklda edi. U ham bo‘lsa, burjuaziyaning manfaatini ko‘zlagan, chunki uning mundarijasiga muvofiq bo‘lgan forma bilan berilgan uchun ularning asarlarida ham shu narsa in’ikos etdirar edi.

Mana shu burjuaziya yozuvchilarini ko‘rsatish bilan birga, ularning hozirg‘i vaqtda bizning proletariat yozuvchilarining ko‘tarilib proletariat yozuvchilarining ijodiyotida, uslubida, tilida ham mundarijada o‘sib borishlari, bu kun bizga ularg‘a qarshi proletariat yozuvchilarini ko‘rishga albatta imkoniyat beradi.

Oling Cho‘lponni, oling Julqunboyni, oling Botuni va hokazolarni, burjuaziya yozuvchilarining ko‘zga ko‘ringanlari o‘zlarining asarlarini ijodiy jihatida o‘zlarining shakllariga mos tushgan bir yo‘lda olib ketdilar. Albatta biz Cho‘lponning butun asarlariga o‘zining ijodida romantizm shaklini ishlatganini aniq ko‘rsak, boshqa yozuvchilarda ham buni ko‘rish bilan birga, xususan, Julqunboy, Botug‘a kelganda, Botuning yana ikkinchi bir shunday yaqin simvolizm yoki burjuaziya realizmi shakli bilan bo‘lg‘anlig‘in ko‘ramiz. Demak, ularning burjuaziya mundarijasi o‘zining orqasidan burjuaziya shaklini ham olib keldi.

…Yana bir mas’ala, u ham bo‘lsa, “Intilish” to‘plami to‘g‘risida. Bu burjuaziya yozuvchilarining bizning o‘rtamizda qanchaliq ishlab, o‘z ishlarida qanchaliq muvaffaqiyatlar qozong‘anliqlarini ko‘rsataturg‘an namuna. Buning tashkil qilinishi qanday qilib tayyorlanishi ko‘b o‘rtoqlarg‘a ma’lum. Bu Fitratning, Alaviyning, Botu, Oltoyning tashkiliy bir ishlari rejalik bir planlar natijasida maydong‘a chiqg‘an bir narsadir. Undan ba’zi bir bizga yaqin bo‘lg‘an shoirlarning asarlarini, suratlarini bosish bilan o‘zlarining burjuaziya yozuvchilarini ommaviy ko‘rsata olg‘anlar. Masalan, Cho‘lponning faqat ikkita she’rini “O‘ktabr 10 yillig‘i” va “Angliya jahongirligi” to‘g‘risidag‘i she’rlarini kirgizganlar. Cho‘lpon faqat ikki she’r yaratdimi, yo‘q. U yuzlarcha asar yaratdi. Nima uchun faqat ikki she’r bosilg‘an. Chunki ular omma darrov bilib qolmasin bizning maqsadimiz vujudga chiqmay qolmasin degan taktikani tutqanliqlari natijasida faqat bizga qaratilib yozilg‘an ikki narsani qo‘yish bilan burjuaziya yozuvchilarini reklama qilishg‘a muvaffaq bo‘ldilar.

Anqaboy

“Qurilish” jurnali 1931-yil 3-son.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"