Jump to content

O‘qush — o‘rganish

From Wikisource
O‘qush — o‘rganish (1936)
by Abdulla Qodiriy
334256O‘qush — o‘rganish1936Abdulla Qodiriy

Mayda hikoyalar yozganda so‘zni qanday tejash kerak

Mayda hikoyalar ustasi Chexov so‘z to‘g‘risig‘a kelganda haddan tashqari xasis, ortiqcha so‘zlar sarf qilish u yoqda tursin, kerakliklaridan ham mumkin qadar yulishga harakat qiladi. O‘zi aytadi: «Mayda hikoyalar yozganda so‘zni ortiqcha isrof qilg‘andan ko‘ra, kerakliklarini ham mumkin qadar ozroq ishlatish kerak». Uning hikoyalarida so‘z isrofgarchiligiga sabab bo‘laturg‘an ortiqcha detallar ham bo‘lmaydi. U butun degallarni o‘zi aytkan asosda ishlatadi. «Birinchi ko‘rinishda miltiq bo‘lsa, shu miltiq uchinchi yoki to‘rtinchi ko‘rinishda, albatta, otilishi kerak, yo‘qsa miltiq to‘g‘risida so‘zlashning hojati yo‘qdir».

Uning «Buqalamun» hikoyasi ham boshqa ko‘p hikoyalariday (jurnalimizning 10-sonida «Chinovnikning o‘limi» nomli bir hikoyasi ham bosilgan edi) g‘oyat siqiq, quyuq yozilgandir.

Uning so‘zga xasisligi o‘quvchiga malol kelmaydi. Ya’ni, aytmakchi bo‘lgan fikrining tushunilishini og‘irlashtirmaydi. «Buqalamun»da voqea yilning qaysi faslida bo‘layotkani aytilmaydi, ammo bundagi so‘zlardan fasldan aniqlash mumkin. (Albatta, bu so‘zlar yilning faslini bildirish uchungina keltirilmaydi). «Paltomni yech-chi, Yeldirin… Kun juda isib ketdi… yomg‘ur yog‘sa ham ajab emas».

Quyidagi so‘zlardan voqea tushki ovqagdan keyin bo‘layotkanini ham bilib bo‘ladi:

«Tevarak jim. Maydonchada hech kim ko‘rinmaydi. Do‘kon va qovoqxonalarning eshiklari ochiq, huvullab turadilar. Bu eshiklar yonida gadoy u yoqda tursin, bir zog‘ ham ko‘rinmaydi».

Mana bular ikki maqsad ko‘zda tutilib aytilgan so‘zlar bo‘lib, ikkinchi maqsad mantiqiy ravishda birinchisidan kelib chiqadi.

Detallar (voqeani tashkil etgan voqeachalar) ham o‘zi yolg‘iz qolib, keraksiz so‘z bo‘lib qolmaydi. Masalan, hikoyaning boshida «Ochumilov yangi shinel kiygan» deyilgan ekan, bu nariroqqa borib, shinelning yechilishi, yana kiyilishi bilan bog‘lanadi.

Xrukenning o‘ng qo‘lini yuqorig‘a ko‘tarib, xaloyiqqa qonag‘an barmog‘ini ko‘rsatishi, uning: «Endi, shu majruh barmog‘im bilan ehtimolki bir hafta ishga yaramasman», degan arzi Ochumilovning: «Sen ahmoq, qo‘lingni tushir! Ayb o‘zingda!» deb qichqirishi bilan bog‘langan.

Hikoyani «ser suv» (ko‘p so‘zli) qilaturg‘an narsalardan biri ko‘rsatish o‘rniga so‘zlab berishdir. Agar Ochumilovning «Buqalamun» ekanini uning so‘zlari orqali ko‘rsatilmasa, avtor tomonidan ta’riflansa, dunyo-dunyo so‘z ketar edi. Chexov buni o‘zi aytib bermasdan, Ochumilovning o‘z so‘zi bilan ko‘rsatadi.

Ochumilovning dastlabki fikri:

« Itni o‘ldirish kerak, quturg‘an bo‘lsa ham ajab emas».

It generalga qarashli, deyilgandan keyin:

« — It nozik, sen ho‘kizday, bo‘yingni qara!»

Yana it generalniki emas, deyilgandan keyin:

« — Generalning itlari qimmatbaho narsalar edi. Bu bo‘lsa, egasiz daydi itga o‘xshaydi. Epaqaliq yungi ham yo‘q. Shunday bema’ni itni ham saqlaydimi kishi»

Yana, it generalniki, deyilgandan keyin:

« — Balki qimmatbaho zotli itdir».

Oshpaz, it generalniki emas, degandan keyin:

« — Bu egasiz daydi it».

It generalning akasiga qarashli ekani ma’lum bo‘lganda:

« — Yaxshig‘ina it ko‘rinadi. O‘lguncha yugurdak ko‘rinadi».

Mana bu dialoglarga avtorning hech qanday izoxi kerak emas. Bu dialoglar ham voqeani siljitadi, ham hikoya qahramoni Ochumilovni xarakterlaydi.

Chexov uslubidagi ayrim xususiyatni sezgan L. Tolstoy bunday degan edi: «Chexovning impressionistlarga[1] o‘xshagan o‘ziga xos formasi bor… Yaqindan qarasak, xuddi har bir to‘g‘ri kelgan va bir-biriga aloqasi bo‘lmagan bo‘yoqlarni farq qilmasdan ishlatganga o‘xshaydi, ammo uzoqroqdan qarasang, bu bo‘yoqlardan ajoyib bir manzara vujudga kelganini ko‘rasan».

Tolstoyning bu so‘zi Chexovning o‘z so‘ziga juda mos keladi. U deydi: «Tabiatni tasvir qilg‘anda mayda bo‘laklar olish va bularga shunday tartib berish kerakki, o‘qib ko‘zingni yumganingda ko‘z oldingta bir manzara kelsin».

«Buqalamun» hikoyasidan biron so‘zni chiqarib tashlash yoki biron so‘zni qo‘shish mumkin bo‘lmaganligi, so‘zga naqadar diqqat qilg‘anlig‘ini ko‘rsatadi.

Abdulla Qodiriy — Julqunboy

«Sovet adabiyoti» — 1936 yil, 3-son.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

}