Oʻzbegim
Appearance
Soʻlqildab kelasan, oʻzbegim,
Maʼrifat otiga otlanib,
Bir miri topgan boladay -
Ogʻzingni irjayib…. suyunib
Dunyoda hamma xalq qiziqqan -
Gavhardek bebaho ot edi.
Hurriyat boʻlganda sen kelding,
Minayin semirgan otga deb,
Ogʻzingga „mallalar“ bir tepdi,
„Maʼrifat haromdur sartga“, deb…
Ogʻzingdan qon keldi, yigʻlading,
Koʻzingdan zaharli yosh keldi.
Koʻraman, oxirda minibsan,
Charchagan boʻlsa-da, otingga.
Tangriga shukr qil, yura ber,
Koʻz solib, oʻngingga, chapingga!
Tez tuzat, oh… mana bir xatong:
Otingni chopasan shaharda.
Qishloqda faqirlar kutadur -
Kechada, kunduzda, saharda!
Bilgilkim, hayoting, tomiring,
Oʻzbegim, kambagʻal qishloqda.
Qishloqda chopasan otingni,
Chopishing behuda toshloqda.
1919-yil.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|