O'lum uyqusig'a borib jahondin bo'ldum osuda...
Appearance
O‘lum uyqusig'a borib jahondin bo‘ldum osuda,
Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda.
Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz,
Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda.
O‘zungni shod tutqil, g'am yema dunyo uchun zinhor,
Ki, bir dam g'am yemakka arzimas dunyoyi farsuda.
Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo topilg'aymu,
Seningdek dard paymo-vu meningdek dard paymuda.
Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,
Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg'aymen osuda.
![]() |
This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |