Nima qayoqqa ketadir
Ishchining topqani xo‘jayinning xaltasig‘a ketadi.
Sovdagarning topqani o‘g‘ul to‘yisig‘a ketadi.
Toshkand ko‘nchilarining topqani qishliq to‘kma bilan yozliq gapka ketadi.
Qimorbozning topqani gartkam bilan to‘rtta oshiqqa ketadi.
Bedanabozning topqani tariqqa ketadi.
Muridning topqani eshonga ketadi.
Eshonning topqani sakkizta xotung‘a ketadi.
Xotunlarning topqanlari issiq-sovuqchi domlag‘a ketadi.
Boybachchaning topqani «Turkvino» bilan barishnaxonlarg‘a ketadi.
Yoshlarning topqanlari upa-elik bilan o‘sma-surmalarga ketadi.
Eski shahar ispolqo‘mining topqani har xil yuqori shefstvolarga ketadi.
Baladiya bo‘limining topqani xizmatchilarning maoshiga ketadi.
Vaqf sho‘basining topqani idorasini bejash uchun qip-qizil gilamlarga ketadi.
Otning topqani eshakka ketadi.
Bo‘rining topqani tulkiga ketadi.
«Mushtum»ning topqani turkistonliklarning tumshug‘iga ketadi.
Ushbularning o‘qug‘an kishining dami — dambalig‘a ketadi!
Bizning topqanimiz achchiq-tiziqqa ketadi! — deb,
Mulla Julqunboy yozdilar.
«Mushtum»: yozganlaringizning hammasi ham havoga ketadur! — deb biz ham muhrimizni bosdiq.
«Mushtum» — 1923 yil, 15-mart, 3-son, 3-bet
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|