Jump to content

Navoiy uchun

From Wikisource
Navoiy uchun (1925)
by Vadud Mahmud
334547Navoiy uchun1925Vadud Mahmud

(Navoiy tug‘ilg‘onig‘a 500 yil to‘lishi munosabati bilan)

Navoiyni tanimag‘on bir o‘zbek bo‘lmasa kerak. Eskilarimiz va eski maktablarimiz g‘azallari bilan, yangilarimiz va yangi maktablarimiz suratlari va shaxsiyati bilan tanishdirlar.
Navoiy 844 hijriyda tug‘ilib, 906 da dunyodan o‘tkan buyuk turk adibidir. Uning o‘ttizdan ortiq asarlari bor. Mashhurlari: To‘rt devoni—g‘azallari, besh masnaviysi, «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Majolis un-nafois», «Lison ut-tayr», «Tarixi ajam», «Mezon ul-avzon», «Advori musiqa», «Mahbub ul-qulub», «Aqoidi manzuma», «Risolai muammo», «Vaqfiya», «Munshaot», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Nasoyim ul-muhabbat»dir.
Navoiy turk tilini tirgizgan va chig‘atoy adabiyoti degan bir adabiy maktabning bu kungacha yashamog‘ig‘a sabab bo‘lg‘on bir kishidir. Shuning uchun uni tanimoq, uni taqdir etmoq butun turklar uchun bir vazifadir. Mana shu holni nazarga olib, bu kun turk dunyosining har yerida — Turkiyada, Ozarboyjonda va bizda (O‘zbekistonda) uni eslab yillik to‘yini o‘tkazmak istaydirlar.
Balki 1926 yil fevral oyining boshida bo‘ladurg‘on «Turkiston qurultoyi» turk dunyosining buyuk shoiri va til mutaxassisi Navoiyning 500 yilligiga to‘g‘ri kelib qolg‘onidan Bakuda katta bir tantana berilsa kerak. Turk olimlaridan Ko‘pruluzoda Fuod va Cho‘bonzoda o‘rtoqlar bu to‘g‘rida fikrlarini yozib o‘tdilar. O‘zbekistonda ham bu yubiley fevral so‘nglarida, mart boshlarida o‘tkazilsa kerak; buning uchun katta hozirlik ko‘rilmoqdadir. Boshlab, uning to‘rt asari aynicha bosiladir, mukammal tarjimai holi va unga bag‘ishlab bir majmua chiqariladir. Shu ishlarning hozirliklarini ko‘rmak uchun maorif komissari o‘rtoq Rizoyev raisligi bilan bir komissiya tuzilgan va o‘ttiz ming so‘mlik bir ismeta topshirilg‘ondir.
Agar markaz ijroqo‘mi va komissarlar sho‘rosi bu pulni taxsis qilsalar, komissiyaning plani tezda amalga osha oladir.

Public domain
This work is in the public domain in the United States because it was first published outside the United States prior to January 1, 1929. Other jurisdictions have other rules. Also note that this work may not be in the public domain in the 9th Circuit if it was published after July 1, 1909, unless the author is known to have died in 1953 or earlier (more than 70 years ago).[1]

This work might not be in the public domain outside the United States and should not be transferred to a Wikisource language subdomain (or as a file it should not be migrated to the Wikimedia Commons) that excludes pre-1929 works copyrighted at home.

PD-US-1923-abroad Public domain in the United States but not in its source countries //wikisource.org/wiki/Navoiy_uchun