Muhabbat dashti
Appearance
To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen,
Har baliyat[1] kelsa ishq oshubidin, bechoraman.
El netib topqay menikim, men oʻzumni topmamon[2],
Boʻylakim, ishqu junun sahrosida ovoramen.
Qaysi zaxmimgʻa qilursen chora, chun men, ey rafiq,
Tiyrboroni[3] baliyatdin sarosar[4] yoramen.
Oh dudi ichra bir uchqun kibi koʻrgan meni,
Bildikim, hijron tuniga kavkabi sayyoramen.
Kecha oʻrtansam, sahar faryod qilsam, ne ajab,
Ish aro parvonavu bulbulgʻa chun hamkoramen[5].
Ey xarobat ahli[6], gar siz mast oʻlub, men boʻlmasam,
Ayb emas, nevchunki, siz — mayxora[7], men — xunxoramen.
Ey Navoiy, bordi deb ahbob taʼjil[8] etma koʻp,
It kibi men erishib[9] ul korvonni boramen.
Izohlar
[edit]- ↑ balo, musibat, mashaqqat, azob.
- ↑ topmayman.
- ↑ oʻq yomgʻiri
- ↑ boshdan-oyoq.
- ↑ sherik
- ↑ rindlar
- ↑ koʻp may ichuvchi; majozan: mast goʻzallar.
- ↑ tez, shoshilinch.
- ↑ ergashib
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |