Jump to content

Marhum Shokir Muxtoriy

From Wikisource
Marhum Shokir Muxtoriy (1922)
by Hoji Muin
334450Marhum Shokir Muxtoriy1922Hoji Muin

Turkistonda taraqqiy va tajaddud yo‘lida ko‘p xidmat qilg‘onlardan biri marhum Shokir afandi Muxtoriydir.

Shokir afandi Turkistonda taxminan 15 yil ta’lim va tarbiya yo‘lida xidmat qilib kelgan ma’ruf muallim va muharrirlarimizdan edi. Marhum 1920nchi yil 26nchi de-kabrda Jizzax kasalxonasida chixutqa (sil) xastalig‘i ila vafot etdi.

Shokir afandi muqtadir bir muallim, o‘tkur qalamli bir muharrir edi. Turkistonda qahat ur-rijollik bir zamonda eng kerak bo‘lg‘on shunday zotdan ayrilishimiz biz uchun zo‘r musibat va ulug‘ ziyo’dir.

Shokir afandi 1906nchi yillarda Farg‘onag‘a kelib shunda 10 yildan ziyoda bir muddat muallimlik etdi. 1917nchi yil fevral inqilobidan so‘ng oilasi bilan Samarqandg‘a ko‘chub kelib, shunda tura boshladi. 1918nchi yil iyun boshlarida chiqa boshlag‘on «Mehnatkashlar tovushi» gazetasig‘a kirib o‘n oy chamasi qalami ila xidmat qiddi. Ondan so‘ng dorilmualliminda va turli qurslarda muallimlik qilib turdi. 1920nchi yil xastalangan bo‘lsa-da, shul hol bilan yana bir necha oy muallimligida davom etdi. Oxiri xastalig‘i zo‘rayib xeyli vaqt o‘z uyida va so‘ngra bir necha oy Samarqand kasalxonasida yotdi.

So‘ngra 1920nchi yil yoz faslida bir do‘stining dalolat va yordami bilan qimiz ila davolanmak uchun oilasini olib Jizzaxg‘a ko‘chdi va shunda kasalxonada vafot etdi.

Shokir afandi, bir yoqdan, ilmi ila xalq bolalarini tarbiya etdigidek, ikkinchi yoqdan, qalami ila matbuot oshiqlarini istifodalandirub turar edi. Aning she’rlari O‘rinburg‘da chiqaturg‘on «Sho‘ro» majallasida, istifodali maqolalari Turkiston va Farg‘onada chiqaturg‘on ro‘znomalarda bosilib turar edi.

Shokir afandining osori qalamiyasi anchaginadir. Ul Farg‘onada turg‘on vaqtida «Kim qozi bo‘lsun?» asarini yozib chiqardi. Samarqandda turdig‘i vaqtlarida o‘ktabr inqilobidan so‘ng «Susiyolizm nimadir?», «Er haqida ikki turli fikr» ham «Turk tilining usuli ta’limi» nom risolalarini yozdi. Bu risolalarning barchasi matbu’adir.

Bulardan boshqa Shokir afandining yozib tamom qilg‘on ulug‘ bir asari bor edikim, aning ismi esimda qolmag‘on. Yana bir necha asarlari bo‘lsa-da, notamom holida qolg‘on.

Shokir afandi taqriban qirq yoshida edi. Marhumdan bir xotun, Midhat va Tal’at ismlarida ikki o‘g‘ul, Foiza va Noila ismli ikki qiz qoldi. Bulardan Midhat 16 yoshlarida bo‘lub, ilgari Samarqand dorilmualliminida o‘qur edi, hozirda ziroat maktabida o‘qumoqdadir.

«Inqilob» jurnali, 1922 yil, 3-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"