Mandin oʻlmishtur bukunlar ohkim jonon malul...
Mandin oʻlmishtur bukunlar ohkim jonon malul,
Bu jihatdan aylamish chiqmay tanimdin jon, malul.
Jomi vaslin noʻsh etib agʻyor doim shod erur,
Man ichib tun, kun erurman sogʻari hijron malul.
Roʻzu shab zindoni gʻamda yigʻlaram Ya’qubdek,
Boʻlgʻali man xastasidin ul mahi kan’on malul.
Furqatidin ohu nolam baski dardomiz erur,
Ayladi bedardlarni ham oʻshul afgʻon malul.
Boʻldilar begona borcha oshnou yorlar,
Boʻlgʻali bu bekasidin ul shahi xubon malul.
Boʻlmish oldida raqibi kinavar yolgʻoni rost,
Man nechuk boʻlmay gar oʻlsa rostim yolgʻon, malul.
Hayf, yuz ming hayfkim, fazl ahlini mahrum etib,
Mahram oʻlub ayladilar zumrai nodon malul.
Arzi holimni man emdi kimga aylarman bayon,
Ul gado holigʻa voy, andin esa sulton malul.
Gar malul oʻlsa jahon ahli ne gʻam Komil mango,
Boʻlmasa basdur agar ul soyai subhon malul.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |