Labing qonim to‘karga tashnalabtur...
Appearance
Labing qonim to‘karga tashnalabtur,
Dami Iso-yu o‘lturmak ajabtur.
Ko‘tarmak boshni mahbub eshikindin
Muhabbat bobida tarki adabtur.
Meni o‘ltur, vale quvma qoshingdin
Kim, enchu qulni quvmoq besababtur.
Manga vasling qachon yetsun, bilurmen,
Vale oshiq ishi sa’y-u talabtur.
Atoiy qulg‘a bir lutf aylamassen,
Xulagu o‘g‘li, muncha ne g‘azabtur?!
![]() |
This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |