Jump to content

Ko‘zingdin o‘rgulay, ko‘z birla ko‘rding holi zorimni...

From Wikisource
Ko‘zingdin o‘rgulay, ko‘z birla ko‘rding holi zorimni...
by Do’iy
333058Ko‘zingdin o‘rgulay, ko‘z birla ko‘rding holi zorimni...Do’iy

Ko‘zingdin o‘rgulay, ko‘z birla ko‘rding holi zorimni,
Boshing haqqi, qaro qilma bu qolg‘on ro‘zgorimni.

Etar hajringda harda.m yuz tuman shiddat manga, lekin
Sanga arz aylamak darkor emas hech koru borimni.

Tajohul aylabon hardam, nechuksan bedilim, dersan,
Bilur erkan o‘zing yaxshi nihonu oshkorimni.

Iki qoshing ishorat xanjari birla yorar ko‘ksum,
Hadaf aylar ko‘zung mujgon o‘qig‘a jismi zorimni.

Qochurdi e’tiborim muddate qahring uzoq tortib,
Qachon, ey sangdil, qilg‘ung fuzunroq e’tiborimni.

Necha yildur yotibman ostoning yostanib, bir kun
Demading, kelturung ul dardmandi xoksorimni.

Tutubman uns ko‘yingda qo‘tur bosqon iting birla,
Nigoro, solma mendin ayru yoru g‘amgusoringni.

Nigorim ilgida o‘lsam, shahid o‘lgum, musulmonlar,
Bo‘lung xushnud, yig‘latmang mening xeshu taborimni.

Tiriklikda jamolin ko‘rmadim, ne bo‘ldi, mo‘minlar,
Janozamga agar keltursangiz ul gul’uzorimni.

Mani Doiy malomat qildi ko‘p nolish qilursan deb,
Oni bilmaskim, olmishlar qo‘limdin ixtiyorimni.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.