Ko‘ngulni olg‘ali zulfung kamandi...
Appearance
Ko‘ngulni olg‘ali zulfung kamandi,
Parishon bo‘ldi g‘amdin band-bandi.
Necha daf’i xumor etmas, ko‘rungkim,
Labi la’lingdadur ma’juni qandi.
Muloyimdur bo‘yung madhin o‘qurda,
Maqomi «Rost» ohanggi balandi,
Manga darmon hamin bas buki derlar.
Seningdek marhami jon dardmandi,
Ne nisbat sarv-la qadding bilankim,
Erur ul bog‘bonlarning lavandi.
Angakim, ishq holi bo‘ldi g‘olib,
Asar qilmas nasihatgo‘y pandi,
Atoiy she’rining lutfini bilsa,
«Latofatnoma»din kechgay Xo‘jandiy.
![]() |
This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |