Jump to content

Kelo, xo‘blarni xo‘bi, kinnalarni tashlamaymizmu...

From Wikisource
Kelo, xo‘blarni xo‘bi, kinnalarni tashlamaymizmu...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy
333081Kelo, xo‘blarni xo‘bi, kinnalarni tashlamaymizmu...Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Kelo, xo‘blarni xo‘bi, kinnalarni tashlamaymizmu?
Jahon ayvonida bir necha kun dil xushlamaymizm?

Mabodo bir kuni jon olg‘uchi olg‘ay bu jonlarni,
Ki andin ilgari bo‘yning uza qo‘l tashlamaymiz.mu?

Zamona kulfatidin ko‘zda yoshlar qona aylandi,
Ani daf’i uchun mayxonag‘a yo‘l boshlamanmizmu?

Seni zulming qilib bag‘rimni qonu, dil hama zardob,
Ne bo‘lg‘ay rahm qilsang, soate yonboshlamaymizmu?

Bahor ayyomida gullar hama ochilsa bo‘stonda,
Ani sayr etmoqa hamdam bo‘lib qo‘l ushlamaymizmu?

Chunon tashna bo‘lubmen otashi ishqingdin, ey barno,
Ani qondurmoqa la’li labnngdin tishlamaymizmu?..

Nigoro, zolimo, muncha jafolardin ne maqsad bor,
Meni oldimg‘a kel, yonboshlashib kengoshlamaymizmu?..

Muningdek orzularg‘a yetolmay o‘tting, ey Shavqiy,
Ki shoyad rahmi kelg‘ay, deb sahar nolishlamaymizmu?


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.