Jim!.. Ufqdan botar quyoshni...
Jim!.. Ufqdan botar quyoshni
Shart kesilgan boshga o’xshatdim.
Parcha-parcha kuygan shafaqlar
Tirqiragan qonni eslatdi!
Qanday qo’rqinch! Qanday qabohat!
Mumkin emas hech qiynalmasdan!
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
Mumkin emas, ey, oliy janob,
Necha yurakni aylab xarob.
Shohona toj kiygan muhabbat,
Mumkin emas! Qanday qabohat!
Ki, odamning o’ziniginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda hovur…
Bu — qarshilik! Yo’q! Gina emas.
Bu — qarshilik! Ko’ring tarixni.
Umr tepasida musht tuygan…
Qiynalaman vijdon bilan man,
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
O’z zimmamga katta ish oldim:
Ehtimolki, tamom qilmasdan –
Umrim tugar. Ammo, bo’lmaydi
(Ko’nglim o’rniga hech tushmaydi).
Senga qarshi bosh ko’tarmasdan
Asrlarni yig’latgan sevgi!!!
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|