Har necha aylabon izhor fasohat shuaro...
Har necha aylabon izhor fasohat shuaro,
Sochar elga duri daryoi balogʻat shuaro.
Ochibon lutfi malohat gulin ash’oridin
Rangboʻyi chamani, fazlu fatonat shuaro.
Qilsalar har iyecha izhori sadoqat shabu roʻz,
Koʻrar oʻtrusida har damda sad ofat shuaro.
Kilmas ummid, qilur shukur, sharorat elining
Tilu ilkidin agar qolsa salomat shuaro.
Haq soʻzin shohu gado qoshida kitmon etmas,
Bu jihatdin hadafi tiyri malomat shuaro.
Yaxshidur qonii qashshoq gʻani tomi’din,
Tutdi bu vajhdin oyini qanoat shuaro.
Qilmas oʻlganda tama’ sifla tazongarlardin,
Bordurur javhar oyinai himmat shuaro.
Qilmagʻay johilu nodongʻa itoat hargiz,
Koʻrmasa bir kishidin hukmi siyosat shuaro.
Chun itooti ulul-amir vujubin biladur,
Tark qilmas nafase vojibu sunnat shuaro.
Kecha kunduz qiladurlar sufahogʻa xizmat,
Garchi shoyistai avrangi sadorat shuaro.
Bor alardin necha bekorlar izzatda ziyod,
Tilu ilki bila ham aylasa xizmat shuaro.
Emdi soch soʻz duri Komil sadafi tab’ingdin,
Tobti shoh hazratida qadr ila simmat shuaro.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |