Goʻzal Fargʻona
Appearance
Ey, goʻzal Fargʻona, qonli koʻylagingdan aylanay,
Tarqalib ketgan qora, yaxshi sochingga bogʻlanay.
Yaʼni bir oʻrmon kabi bagʻringni bosmishdir qamish,
Koʻzlaringda hech koʻrinmas bir olov, bir oʻt yonish.
Keng, choʻziq yaylovlaring yovlarga ochmish koʻksini,
Bir qora parda bosibdur tuprogʻingning ustini.
Koʻzlaring soʻlgan, oʻluk ruhing bilan boqding menga,
Qurtulishning yulduzi aslo koʻrinmasmi senga?
Ul baland zoʻr togʻlaring nega toʻsolmas yov yoʻlin?
Yoʻqmidur oʻtkir qilich kesmakka yovlaring qoʻlin?
Biz bugun ojiz, zaif, bagʻri ezilgan sen uchun,
Bu qadar qonlar toʻkildi ul daxldor sen uchun.
Yigʻlama, yurtim, agar-chi bul kuningda yoʻq bahor,
Kelgusi kunlarda baxting yulduzi oʻynab qolor.
1921
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|