Jump to content

Eng qadrli mehmon

From Wikisource
Eng qadrli mehmon (1917)
by Hamza Hakimzoda Niyoziy
334521Eng qadrli mehmon1917Hamza Hakimzoda Niyoziy

23-rajabda yakshanba kuni Qozon ulamolarindan muhtaram Fozil Olimjon hazrat boruvi Namangondan qaytishli Ho‘qand Sho‘roi islomiyasig‘a tashrif buyurdilar. Bu zot tatar olamindagina emas, butun Turkistonda millatga etgan ulug‘ xizmatlari makotib, madoris uchun yozg‘on eng muhim asarlari bila tonulgan ulug‘ zot va savod egasi bo‘lg‘on chinlik har bir kishig‘a ma’naviy bir ustozdirlar. Sho‘roi islom a’zolaridan boshqa ziyorat va nutq eshitmoqg‘a oshiqqan kishilar bilan butun to‘lgan, hatto ko‘chalarda ham somelar ikki-uch qator tizilgan muhtaram zot pors-porslar ba’dinda turub, musulmonlarni hozirgi saodat kunlar birla tabrik etdilar. So‘ngra otashlik nutqlar ila bu kungi vazifamiz uchun eng kerakli bo‘lg‘on ijtihod, harakat, ittifoq, ittihod xususinda ikki soatga qadarlik keng bir ma’lumot berdilar. Bir oz miodalar ba’dinda so‘z usuli jadid maktabina ko‘chdi. Ulamolarimizdan jomening mudarrislari janob To‘raxon maxdum domla so‘zga kirib: «Mehmon afandim! Menga ruxsat bersangiz, bir-ikki og‘iz so‘z so‘zlasam», — dedilar. Janob Olimjon domla hazratlari ruxsat berdilar. Janob To‘raxon mahdum domla: «Biz usuli jadid maktabig‘a hech bir vajhdan mone bo‘lmaduk va ham bo‘lmaymiz. Usuli jadid maktabining zamong‘a muvofiq ravishda tashil bo‘lmog‘i bila hammamizga tonulg‘on hamda hech bir kitoblarinda shar’ifg‘a xilof bir kalimani ko‘rmaduk, illo, oning o‘qituvchilaridangina o‘pka etamiz. Chunki adabsiz so‘z kelishimsiz raftor va ravishda bo‘luvchilari ko‘pdir. Xususan, o‘qub turgan shogirdlari ham o‘zlarig‘a binoan raftorda bo‘linurlar va hokazo…

Haqiqatda o‘zimiz ham insofga kelganimizda, bu so‘z haqdur. Chunki usuli jadid maktabining intishor topganig‘a yigirma yillar to‘lmakdadur. Avvalda muhtaram ulamolarimiz ham qarshu oldilar. Hatto o‘z farzandlarin berub, o‘qitgonlar ham bo‘ldilar. Hozirg‘acha imtihonlarda ham ba’zan bo‘lmoqdadurlar. Maataassuf muallimlarimiz orasinda ta’lim va axloq, qisqasi, usuli ta’lim va tadrisdan kamchiliklarga ko‘milganlari va balki butun deyarlik bexabarlari ham ko‘pdur. Muni u muallimjonlar o‘zi iqror etmas ham endi haqiqat o‘zi maydonga chiqorur. Bu kamchiliklarg‘a sabab esa u muallimlarning o‘zlari rushdi maktab ko‘rmog‘ong‘a qarshi mukammal suratda ibtidoiy maktablarg‘a ham borub, usuli ta’lim va tarbiya va ravish o‘rganmaganliklaridur. «Ustod ko‘rmagan shogird har maqomg‘a yo‘rg‘alar» muqaddas maqol kabi bir hissa u muallimlarg‘a qorshu o‘n hissa taqlidchilar ko‘payub, bu xil nohaq qusurlar maydong‘a chiqti va boisi nafrat bo‘ldi. Bu ham eski xoin hukumat missionerlarini sezg‘usizliqlar soyasinda jamiyatlar va jamiyat muftishlari kazo-kazolar bo‘lmagani sababidandur. Endilikda, albatta, shul holda qolmas, alhamdulilloh, jamiyati Sho‘roi islomlar qildi, maorif tarqatmoq ishlari jamiyat ixtiyoriga o‘tdi, kabidur. Endilikda muhtaram ulamolarimiz va boylarimiz va yoshlarimiz qo‘l tutushub, makotib va madoris islohotig‘a kirishurlar. Endi makotibi jadida uchun bo‘ladurgan muallimlarni mumkin qadar tekshirub, imtihonlar qilub, muallimlar yetushmas ekan, tatar va qofqozli va turkistonli din qarindoshlarimizdan yetushgan muallimlar ketururlar. Muhtaram ulamolarimiz zamonning yangilanuv munosabatila avvalg‘i bizim etgan adabsizliklarimiz yuqoridagi ajzlarimizg‘a binoan afv etarlar.

So‘ngg‘i bo‘ladurgan makotib va muallimlarg‘a moddiy nazar va yordamlarin darig‘ tutmaslar, deb umid etamiz. Demakki, janob To‘raxon mahdum domla hazratlarining insofona so‘zlari hammag‘a ta’sir qoldurdi. Janob domla Olimjon hazrat ham muallimlardagi qusurlarni yoshlik va tarbiya ko‘rmaganlikka hamul etub endi bo‘ladurgan nasri maorif ishlarinda hamma barobar baxtiyor va ozoddur. Yoshlar mumkin qadar tekshurub, har bir ishda ham imtihonlar yasab, ish yurutajak. Sho‘roi islom nasri maorif uchun bir kichik jamiyat yasayajak. Makotib ishlarin anga topshurajak. Albatta, u jamiyat o‘zini ehtiyot etub, Sho‘roi islom qoshinda har bir tarafdan o‘zini mas’uliyatga qolmasliq darajada ish yuritajakdir.

Hokazo, ta’sirlik nutqlar ila somelarning qondurub bizim tarafdan ulamolarimizning ko‘ngullarin to‘ldurdilar va ham tezlik ila vaqtincha kichikroq bir dor ul-muallimin «keladurgan tahsilga va muallim tayyorlamak uchun» ochmoqni ta’kidlab o‘tdilar. So‘ngra janob To‘raxon domla majlisdan ruxsat so‘rab chiqib ketdilar. Janob domla Olimjon hazrat bir oz so‘zlab o‘turdilar. Obidjonboy tarafindan bizlarda yuristlar, ya’ni huquqshunoslar yo‘q uchun ishimizni og‘ir ketuvidan hikoyat etub: «Hozir oz-moz ruscha o‘qug‘on talabalarimiz bor. Bularni tezdan ruschani yuqori maktablarig‘a kirutmoq va alar orqali mustaqbaldagi ba’zi muhim kamchiliklarimizni o‘rnig‘a kelturmoq niyatidamiz. Bu ish shariat qoshinda qandog‘ bo‘lur ekan»,— degan ulamolarimizg‘a savol qo‘yuldi. Bir qancha muzokaralar ba’dinda Madrasai Xon mudarrislarindan janobi qoziyul quzzot Mahdum domla va janob mulla Fayzulla Oxund domla va Madrasai Oliy mudarrislarindan janob mulla Zohidxon domla bu sharaf zotlar: «Filhaqiqat zarur ekan, axloq va qiyofalarin tabdil va tashbih etmasalar, shariatda mone yo‘q», — deydilar va Akoyuv: «Durust, mone yo‘q ekan, endi shul xususda muhtaram ulamolarimiz rasmiy ruxsat, ya’ni joyizlig‘ig‘a bir rivoyat qilub bersalar, avom nazdida bizga yaxshi bo‘lur edi», — dedi. Ulamolarimiz yuqoridagi shartni yana zikr etub rivoyat qilub beruvni ruhoniy majlislarig‘a qo‘yub, va’da qildilar. So‘ngra Olimjon hazrat ham ruxsat olub ketdilar. Ertasi kun soat yettidan Mir Obidboy bog‘larig‘a yoshlar tarafindan domla Olimjon hazrat mukallaf etdilar anda ham yaxshi jamiyat bo‘ldi. Dor ul-muallimin xususinda choralar qilindi.

«Hurriyat» jurnali, 1917 yil, 4-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"