Jump to content

Dar sifati qishloqi Hapalak ki ba mahdum Maxmur taalluq yofta

From Wikisource
Dar sifati qishloqi Hapalak ki ba mahdum Maxmur taalluq yofta
by Maxmur
308545Dar sifati qishloqi Hapalak ki ba mahdum Maxmur taalluq yoftaMaxmur

(Maxmur mahdum aloqador bo‘lgan Hapalak qishlog’ining sifati)

Ey jahondori zafar, kavkabayi davri falak,
Go’sh qil qissayi qishloqi xarobi Hapalak.

Turfa qishloqi g‘azabkarda ki parrandalari,
Tovuqi ignachi-yu, o’rdag-u g’ozi kapalak.

Bor-u yo‘q uylarni banda bayon gar qilsam,
Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to‘rt katalak.

Dema uy, balki zaminkandir agar kirsa kishi,
Har taraf betiga urgaylar aning ko‘rshapalak.

Xalqini ko‘rsang agar o‘lasi-yu, qoq-u xarob,
Ochlikdan egilib qomati misli kamalak.

Ajirig’ tomirini o’g‘urida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,
Betini qum bila yub (ko‘zi)ga surgay guvalak...

Hazrati xondin tilla pulini talab qilgani:
Ey falak qadri adolat shiyamu mulki malak,
Marhamat chog’ida rahm ayla ba holi Hapalak.

Kecha go‘yo eshitib shuhrati tilla pulini,
Hapalak qo‘rqusidan uchdi misoli kapalak.

Himmating yo‘lida bir tepa karomat qilgin,
Kapalak boz qo‘nib joyiga bo‘lgay Hapalak.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.