Dahr aro man chekmagan qayg‘u bila g‘am qolmad...
Appearance
Dahr aro man chekmagan qayg‘u bila g‘am qolmad»,
Yig‘lamoqdin ko‘zlarimda qatrai nam qolmadi.
Bir nafas munglug‘ ko‘ngul sirrin desam charx ilgidii,.
Vahki bir davron aro sirdoshu hamdam qolmadi.
G‘ussa chekmoqda ko‘rub afsurda mahzun xotirim,
Hasratu g‘am chekmagan holimg‘a odam qolmadi.
Turfa yo‘qdur nola qilsam sarv yanglig‘ qomatim
Bo‘lmayin hijron g‘ami bori bila xam qolmadi.
Zohir etmaklikda har lahza maning shonimg‘akim,
Ne esa zulmi falak ko‘p bo‘ldiyu kam qolmadi.
Emdi tutdum mug‘tanam bu fursat umrimnikim,
Soqiyo, bergil fano jomin manga dam qolmadi.
Shahnai g‘amg‘a asir o‘lmoq bila, Devoniyo,
Voy kim, mahzun ko‘ngul bir lahza xurram qolmadi.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|