Dahnoma
Etibon ishqi to’lg’adi iligim,
Yangi oy erdi, tutti telbaligim.
Dedim – Tur, tengri uchun! Turdi ul oy,
Yorutib el ko’zin ul sho’x xudroy.
Dedim: — Ey umr o’rarg’a qilma rag’bat,
Dedi: — Gar umr o’tar xush, bil g’animat.
Dedim: — Turg’ilki, jonim ichra o’qtur,
Dedi: — Jong’a borurdin chora yo’qtur.
Dedim: — La’ling susag’onlarga boqmas,
Dedi: — Usrukka sharbat oncha yoqmas.
Dedim: — Tekkaymu sendin tashna suvg’a,
Dedi: — Yo’qtur bale ayb orzug’a.
Dedim: — Zulfungda bog’liqdur jafolar,
Dedi: — Olingda bordur ko’p balolar.
Dedim: — Soching xayolidur zararliq,
Dedi: — Ul mushk bordur dardisarliq.
Dedim: — Ko’zung qarosi dilrabodur,
Dedi: — Usrukturu ichi qarodur.
Dedim: — Qoshinga elning mayli ortar,
Dedi: — Yodur, ko’ngul ul yoni tortar.
Dedim: — Xoling erur ofat nishoni,
Dedi: — kelturmagil yuzumga oni.
Dedim: — Jonimda shavqung g’ulg’uli bor,
Dedi: — Har qanda guldur, bulbuli bor.
Dedim: — Olg’il meni sen bir qo’lungg’a,
Dedi: — Ko’p so’zlama, borg’il yo’lungg’a.
Dedim: — Yo’ldur yovuq, kel, bilsa bilmas,
Dedi: — Munda yovuqluq qilsa bo’lmas.
Dedim: — Turg’il! Ravone surdi otin,
Ko’zum ko’rdi boradurg’ach hayotin.
Yugurdim ev sori men zoru giryon,
Qilib parvonatek o’zumni biryon.
![]() |
This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |