Buxl eliga demagil, ey zubdai davron, soʻzing...
Buxl eliga demagil, ey zubdai davron, soʻzing,
Hayf etar, qadrini bilmas, siflai nodon, soʻzing.
Garchi, soʻzdek gavhari qimmatbaho yoʻq dahr aro,
Bor alarning qoshida harmuhradin arzon soʻzing.
Ulki qilmaydur maoni bahrigʻa gʻavvosliq,
Koʻrmagay munjuqcha gar boʻlsa duri gʻalton soʻzing.
Past fitratlargʻa dunyo moli uchun tutma koʻz,
Bir qaro pul bobida mushkul qilur oson soʻzing.
Buxl zangini qira olmas temurdek koʻnglidin,
Gar itiklik ichra boʻlsa oʻylakim soʻhon soʻzing.
Gar soʻzingdin bir nimarsa oʻnmasa bu dunyoda,
Tinglamaslar oxiratda bersa ham, imon soʻzing.
Iltimos etma olardin bir koʻnakni zinhor,
Sindirur gar bersa ham oʻlgan badangʻa jon, soʻzing.
Donish ahli qoshida har biri bir la’li xoʻshob,
Lek olargʻa bordurur la’l oʻlsa ham paykon soʻzing.
Topmasang soʻz lazzatidin ogahu Komil kishi,
Soklagʻil boʻlgʻuncha koʻnglung pardasida qon soʻzing.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |