Buti siyminbarim, bizni unutma...
Appearance
Buti siyminbarim, bizni unutma,
Dudoqi shakarim, bizni unutma.
Falakka yetti ohimning tutuni,
Ayo mahpaykarim, bizni unutma.
Chu toroj aylading jon-u ko‘ngilni,
Ko‘zi g‘oratgarim, bizni unutma.
Sevar jonim, begim, xonim, umidim,
Azizim, dilbarim, bizni unutma.
Gado qonin jafo birla shu to‘ktung,
Qaroqi kofarim, bizni unutma.
![]() |
This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |