Boshqarmaga xat
«Qizil O‘zbekiston» ning shu yil 27 iyul sonida o‘rtoq Nazir To‘raqulovning «Hamlet» tarjimasi to‘g‘risida bir maqolasi bosilib chiqdi.
Mazkur maqola munosabati bilan quyidag‘i uch narsani ko‘pchilikka bildirishga shoshilaman.
1. Nazir aka «Hamlet» tarjimasini keltirgan misollariga qarag‘anda ruscha tarjimalarining tizilmalisi (nazmlisi) bilan solishtirgan. Holbuki men tarjima qilg‘an nusxa sochmali (nasrli) bo‘lib inqilobdan burun bosilgan. Men tarjimaga kirishganimdan burun u nusxani ingliz adabiyoti bilgichlaridan o‘rtoq Lan inglizchasi bilan solishtirib chiqib, ko‘p joylarini mumkin qadar asliga yaqinlashtirib bergan. Mazkur nusxa hali ham o‘rtoq Lanning kutubxonasida saqlanadi. Men, ana o‘sha nusxadan bo‘lgan tarjima uchungina javobgarman.
Tarjima bilan tarjima orasida, ayniqsa tizmali bilan sochmali orasida katta farq bo‘ladi.
2. «Hamlet»day bir asarning tarjimasida bir necha xato ketmasdan iloji yo‘q. O‘sha xatolarni xayrixohlik asosida ko‘rsatuvchilarga tashakkurimni bildirib, kelajakda tuzatishga va’da beraman. Bir nechta to‘g‘ri ko‘rsatilgan tarjima xatolari Nazir aka maqolasida ham bor; buning uchun u kishiga ham tashakkur.
3. O‘rtoq Lan qo‘lidag‘i nusxani oldirib men qilg‘on tarjimaning originaliga solishdirib chiqib, natijasini matbuotda z’lon qilish kerak. Buning uchun yaxshi-yaxshi tarjimonlardan iborat bir ko‘misiya tuzilsa yaxshi bo‘lardi. Ko‘misiya tuzish vazifasini men O‘zbekiston Yozuvchilari soyuzining respublika qo‘mitasidan so‘rar edim.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|