Jump to content

Bizga nima kerak?

From Wikisource
Bizga nima kerak? (1918)
by Hoji Muin
334429Bizga nima kerak?1918Hoji Muin

Dunyoda o‘zining hayotini himoya qilmoqchi va o‘z maishatini ta’min etmakchi bo‘lg‘on kishining tabiat qonunlari va hayot sharoitlari mujibincha qanday tadbirlar ko‘rarga va qanday choralar izlarga tugunmog‘i qancha lozim bo‘lsa, sarbastona va mas’udona bir suratda yashamakchi bo‘lg‘on bir millatning hay’at majmuasi ham ijtimoiy hayotindagi vazifalarini lozimincha ifo etmak yo‘linda harakat etishi o‘shancha lozimdir. Aks holda, ul fardning hayoti naqadar tahlikaga ma’ruz qolursa, bul millatning hayoti ijtimoiyasi ham shul qadar tahlikaga uchrab o‘zgalarning tasallut va asorati ostinda qolajag‘i tabiiy va shubhasizdir.

Yashamak shartlari va hayoti ijtimoiyadaga vazifalarining eng umdalari: askarlik, maorif, til, adabiyot, ziroat, tijorat va sanoyi’ ekanligi ma’lumdir. Mana, hayoti ijtimoiyamizda lozim bo‘lg‘on bu narsalarning barchasi hozirda bizda bormi? Bo‘lsa qaysi holdadir?

Bu savollarg‘a qarshi to‘g‘ri javob yozilg‘onda ixtiyorsiz qalam uyolur, kishi istiqboldan ma’yus bo‘lur. Chunki mazkur narsalarning ba’zisi bizda yo‘q va ba’zisi hanuz ibtidoiy hoddadirki, bularning mumkin suratda vujudka ijtihod chiqarilishi uchun ko‘b umrlar va ko‘blar sarf qilmoq kerakdir. Lekin lozimai hayotimiz bo‘lg‘on bu narsalarni vujudga chiqarib olg‘uncha bizga zamon musoada etarmi, ya’ni fursat berarmi?

Siyosiy ahvolning hozirgi sur’atli o‘zgarishiga qarag‘anda, zamon fursat bermas kabi ko‘rinadur. Shunday bo‘lsa ham, hozirgi musoidi zamin va zamonni g‘animat bilib vatan, huquq va hayotimizning muhofazasi, istiqbolimizning ta’mini uchun kerak bo‘laturg‘on tadbir va choralarg‘a kirishmagimiz lozimdir.

Mana, hozir ushbu savol vorid bo‘ladirki: bizga nima kerak?

Hozirgi vazifamizg‘a qarag‘onda bizga eng avval, askar keraqdir. Chunki hozirgi doxiliy sho‘rish va inqilob xorijiy dushmanlarning tajovuzidan ortiq bizga qarshi xatarli bir holg‘a aylanmaqdadurki, bu sho‘rishdan vatan va hurriyatni qutqarib olmoq uchun askariy zo‘r bir quvvatg‘a molik bo‘lmog‘imiz mutlaqo lozimdir.

Ma’lumdirki, hozirda bir yoqtsan Nikolay kosalesla-ri bo‘lg‘on Ashqobod fitnachilari, ikkinchi yoqdan kazachiylar bilan … oyoqqa qalqib Turkistonimizni tahdid etmakda va faqir xalq hokimiyatini tahlikaga tushirmakdadirlar. Bularning maqsadi hokimiyatni faqir xalqdan olib burjuazlarg‘a tobshurmoq va buning ila milliyunlarcha bechora kambag‘al xalqni yanada boylarning oyog‘i ostinda ezdurmakdir.

Mana, ushbu doxiliy dushmanlarimizning hujumindan vatanimizni qutqarmoq va alarni tasallutindan muqaddas hokimiyatimizni muhofaza etmak uchun biz Turkiston faqir ishchi va dehqonlarig‘a lozimdurki, o‘z oramizdan askariy firqalar tashkil etib, jonimiz va nomusimiz kabi aziz bo‘lg‘on huquq va hurriyatimiz yo‘linda qurbon bo‘lurg‘a hozir turayluk.

Dunyoda zolim ostinda nomussiz yashamakdan huquq va hurriyat yo‘linda nomus bilan o‘lmak ming marta yaxshiroqtsir.

Ey Turkiston ishchisi! Oyoqg‘a tur! Dushmanlaringni bos! Yurtingni saqla!

Ey turkistonli turk o‘g‘li! Yarog‘ingni ol! Yovingni ot! Hurriyatingni saqla!

«Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918 yil, 13 avgust


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"