Behbudiyning sagʻanasin izladim
Appearance
Choʻkmishdi er uzra olam toʻsugʻi,
Oʻksuzlik boyqushi qanot qoqardi.
Botuvda qizarib turgʻan bulutdan
Ezilgʻan koʻnglima motam yogʻardi.
Haqsizliq shahrining qon hidli eli
Armonim gulidan bir yaproq uzub,
Bahorsiz choʻllarga sovurib qoʻydi.
Ul nozli yaprogʻim soʻlib, sargʻayib,
Yoʻqsul qolgʻanlarday har yon yugurdi.
Zolimlar, mazlumlar, zulumlarning-da,
Qaygʻular, alamlar, oʻlumlarning-da
Bariga uchradi, barchasin koʻrdi,
Oʻz yoʻqotqonin izladi, soʻrdi.
Bir darak topmagʻach, birdan bir tikildi.
Bor kuchin toʻpladi.
Zolimning taxtini titratgan bir tovush
Qichqirdi:
– Otamning qabrini qay yerga yoshurding?!
Bot soʻyla!…
Kirli toj koʻb qoʻrqdi botur tovshidan,
Seskanib, titrab… yoshrundi
Bir javob bermasdan.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|