Jump to content

Barqdek anvori xusnung ko‘zlarimga chaqilib...

From Wikisource
Barqdek anvori xusnung ko‘zlarimga chaqilib...
by Komron
333029Barqdek anvori xusnung ko‘zlarimga chaqilib...Komron

Barqdek anvori xusnung ko‘zlarimga chaqilib,
Ko‘zdin oqizding ko‘ngulni qatra-qatra qon qilib.

Sham’i husnungni ko‘rub bildimki, olamso‘zdur,
Soldim o‘zni shu’lag‘a parvonadek ko‘rub bplib.

Jon bila ko‘nglumdin ayrildim sanga yetkan zamon,
Emdi, ey jonu jahon, sendin bo‘lurmu ayrilib.

Jon yetibtur og‘zima, bo‘lg‘aymu, ey isonafas,
Bir nafas ollimda o‘ltursang iyodatqa kelib.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.