Andijonda yangi bank
Andijonda, musulmon qit’asinda, «Devoni Matqobil shirkat bonki», ya’ni «vriminniy kridit» ochmoqg‘a qaror berildi. Hozirgi a’zosi 180 nafar bo‘lub, 130 dan ziyodasi musulmonlardur. Sarmoyasi 28 ming so‘mdur. Mashvarat a’zolari olti nafar bo‘lub, yarmi musulmonlardan: Eshonxon maxzum Odilxo‘ja o‘g‘li, Zunnunboy Qutlug‘boy o‘g‘li, Mirhaydarboy Mirkomil o‘g‘lilaridur. Idora a’zolar 3 nafar rusdur. Azbaski, bizg‘a zamonag‘a taalluqdor, ilmdan xabardor kishi yo‘qdur. Taftish a’zolari uch nafar bo‘lub, biri Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘ja o‘g‘li janoblaridur. Bonka kelar hut oyinda ochilsa kerak. Ushbuni vujudga kelishig‘a mazkur muhtaram musulmonlar va alarni yordamchilari sabab bo‘ldilar. Bonka bo‘lmasun deganlar-da bor ediki, ularni «Oyna» idorasindagi «Mush»g‘a havola qilduk.
Abdulhamid Sulaymoniy
«Oyina» jurnali 1914-yil 18-yanvar.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|