Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas (Vola, II)
Na o‘tlug‘ oraz erkan shu’lasi jismimg‘a jo qilmish,
Na hijron tig‘i erkan band-bandimdin judo qilmish,
Na kofir ko‘zlar erkan dinu imondin judo qilmish,
Na xam qoshlar dururkim hasrati qaddimni yo qilmish,
Na kipriklar o‘qikim, ro‘zgorimni qaro qilmish.
Yozibdur qismatim ro‘zi azalda xomai yazdon,
Qutulmaqlik bu ishdin qayda bo‘lg‘ay zarraye imkon,
Deding: «Ishqingni tark et. Vah, bu ish ermas manga oson,
Qazodindur manga ishq o‘ynamoq, ey nosihi nodon,
Ko‘rubsenmu kishi hargizki tag‘yiri qazo qilmish?
Solibdur boshima gardun havoi dilrabolarni,
Alarga oshno, begona aylab oshnolarni,
Qilib shahlar gado-yu, podshoh aylab» gadolarni,
Ajab ko‘r ishq arokim mo‘r etar, vah, ajdaholarni,
Fusundin mo‘r xatlar qayda zulfin ajdaho qilmish.
Tavofi Ka’bai ko‘yungga tokim bog‘ladim ehrom,
Quyundek po‘ya aylab, tutmayin bir yerga hech orom,
Etib ko‘yiga, shaylillah tortib aylagach ibrom,
Ne nozikxo‘ erurkim, aylamish o‘truda yuz dashnom,
Gadoyekim, ani qoshu ko‘zu qaddin duo qilmish.
Og‘iz ochmam ul oyning g‘ayr jomi vasl shukridin,
Tilimg‘a o‘zga so‘z mazkur emasdur la’li zikridin,
Emasdur Vola forig‘ bir zamone oni fikridin,
Navoiyning xalosi yo‘q edi ul g‘amza kufridin,
Xususan zulfi zunnori dag‘i bo‘ynumg‘a toqilmysh.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |