«Istirohat mustamlakasi»
O‘sh shahrida sobiq O‘sh hokimining shahar chekkasidagi go‘zal bog‘ida muzofot ijtimoiy ehtiyot idorasi (sos. strax) tomonidan firqa va sho‘ro ishchilari uchun bir «istirohat uyi» (dom otdix) ochilg‘an.
Istirohat uyining joyi, binosi, ovqati yaxshi: tibbiy jihati ham tuzuk.
Aslida 90 kishilik qilib ochilg‘an ekan, iyul oyi o‘rtalarida 85 kishi bo‘lg‘an.
Bulardan tubjoy xalq ishchilari 7–8 ta, qolg‘anlari hammasi ovrupoliqlar. Bu ovro‘poliqlar orasida kon ishchilari qo‘proq bo‘lsa hamyaxshi edi, lekin umuman ishmi xalqi juda oz, ko‘pchilik: muzofot yuqori muassasalarining xizmatkorlari va ularning «xonadon»lari. Xotun, bola-chaqa, xizmatkor kampir va shundaylar. 15–16 yoshliq bolalar ham ko‘b.
Istirohatga kelganlar uchun qiroatxona-kutubxona ochish ishiga ham birmuncha pul chiqarilg‘an bo‘lsa kerak, ovrupoliqlar uchun bir javon kitob bor, bir necha gazeta kelib turadur. Tubjoy xalq uchun, doriliqqa bo‘lsun, bitta gazeta yo‘q…
Bu – «istirohat uyi» emas, to‘g‘risi «istirohat mustamlakasi»ga o‘xshaydur. Muzofot firqaqo‘mining mas’ul sarkotibi Karim o‘g‘li bilan muzofot ijroqo‘m raisi Ali Xo‘ja o‘g‘li o‘rtoqlar shu hollarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rub ketdilar. Albatta, sho‘rolar mamlakatida bu xilda yomon ahvolg‘a yo‘l qo‘ymaslar, deb ishonamen.
Q
«Farg‘ona» 1924-yil 28-iyul.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|