Jump to content

Goʻzal

From Wikisource
(Redirected from Go'zal)
Goʻzal (1919)
by Abdulhamid Choʻlpon
290072Goʻzal1919Abdulhamid Choʻlpon

Qorongʻu kechada koʻkka koʻz tikib,
Eng yorugʻ yulduzdan seni soʻraymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: „Men uni tushda koʻramen.
Tushimda koʻramen, shunchalar goʻzal,
Bizdan-da goʻzaldir, oydan-da goʻzal!..“

Koʻzimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni soʻrmoqqa,
Ul-da aytadirki: „Qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, koʻmilgan oqqa.
Oqqa koʻmilganda shunchalar goʻzal,
Mendan-da goʻzaldir, kundan-da goʻzal!..“

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan oʻtganda soʻrab koʻramen.
Aytadir: „Bir koʻrib, yoʻlimdan ozib,
Togʻu toshlar ichra istab yuramen!
Bir koʻrdim men uni – shunchalar goʻzal,
Oydan-da goʻzaldir, kundan-da goʻzal!..“

Ul ketgach kun chiqar yorugʻliq sochib,
Undan-da soʻrayman sening toʻgʻringda.
Ul-da uyatidan bekinib, qochib,
Aytadir: „Bir koʻrdim, tushdamas oʻngda.
Men oʻngda koʻrganda shunchalar goʻzal,
Oydan-da goʻzaldir… mendan-da goʻzal!..“

Men yoʻqsil na boʻlub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zoʻr ishga berib qoʻyubmen,
Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?
Men suygan „suyukli“ shunchalar goʻzal,
Oydan-da goʻzaldir, kundan-da goʻzal!"

1919


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"